AsosiyJamiyat

Chorrahadan o`tish qoidasini buzgan buxorolik haydovchi jarimaga tortildi

'Chorrahadan o`tish qoidasini buzgan buxorolik haydovchi jarimaga tortildi'ning rasmi

2020 yil 14 yanvar kuni “Telegram” ijtimoiy tarmog`idagi “UDDU_UZB” kanalida e`lon qilingan, “ISUZU NS40” rusumli avtobus haydovchisi chorrahadan o`tish qoidasini buzib harakatlanganligi aks ettirilgan 13 soniyali video yuzasidan Buxoro viloyati IIB YHXB Matbuot xizmati rasmiy ma`lumot berdi.

Tekshiruv davomida, Buxoro shahrida yashovchi, 1993 yilda tug`ilgan fuqaro J.Asadov o`z boshqaruvida bo`lgan “ISUZU NS40” rusumli, 80 656 JBA davlat raqam belgili avtobusda, Buxoro shahri Navoiy shoh va Piridastgir ko`chalari kesishgan chorrahada chorrahadan o`tish qoidasini buzib, 1.1 sidirg`a chizig`ini bosib o`tganligi uchun unga nisbatan O`zbekiston Respublikasi MJtKning 128prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirildi va jarimaga tortildi.

    Boshqa yangiliklar