AsosiyJamiyat

Xodimlarning ish haqi to`lab berildi

'Xodimlarning ish haqi to`lab berildi'ning rasmi

“Daryo.uz” saytida “Xalq bankining Yakkabog` tumani filiali xodimlarining ish haqini to`lamagani uchun “Damas”idan ayrildi” sarlavhali maqola e`lon qilingan edi. Ushbu holat bo`yicha Xalq banki munosabat bildirdi.

Aytlishicha holat Xalq banki rahbariyati tomonidan nazoratga olinib, joyida batafsil o`rganib chiqilgan, maqoladagi barcha faktlar tasdiqlangan. 

Olib borilgan ishlar natijasida 2019 yil dekabr oyida Fuqarolik ishlari bo`yicha Yakkabog` tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan AT Xalq banki Yakkabog` tumani filialining 3 nafar xodimi ishga qayta tiklangan. Ammo bankning Qashqadaryo viloyati hamda Yakkabog` tuman filiali mas`ul xodimlarining e`tiborsizligi tufayli ushbu xodimlarning majburiy bekor yurgan vaqti uchun sud qarori bilan to`lanishi kerak bo`lgan ish haqi vaqtida to`lab berilmagan.  

Ayni paytda Xalq bankining Yakkabog` tumani filiali uch nafar xodimiga sud qarorida keltirilgan miqdorda ish haqi to`lab berilgan. Shuningdek, ushbu masalada e`tiborsizlikka yo`l qo`ygan mas`ullarga nisbatan intizomiy jazo choralari qo`llanilgan.

Boshqa yangiliklar