AsosiyJamiyat

Peterburgda amaldor o`zbekistonlik fuqaroni haqorat qilgani uchun jazolandi

'Peterburgda amaldor o`zbekistonlik fuqaroni haqorat qilgani uchun jazolandi'ning rasmi

O`zbekiston fuqarosi Sankt-Peterburgdagi inson huquqlari bo`yicha vakili Aleksandr Shishlovga Viborg tumani davlat va munisipal xizmatlar ko`rsatish markazi xodimasi ustidan shikoyat bilan murojaat qildi. Bu haqda kun.uz xabar qildi.

U boshqa millatga mansubligi sababli o`ziga xizmat ko`rsatishdan bosh tortgan davlat va munisipal xizmatlar ko`rsatish markazi xodimasining noloyiq xatti-harakatlari haqida xabar berdi.

«Inspektor S. beparvolik qilib, arizani o`ylab topilgan sababga ko`ra ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortdi va qo`pollik bilan pasportim hamda hujjatlarimni menga otib yubordi», - deyiladi ombudsmenga murojaatda.

O`zbekiston fuqarosining qo`shimcha qilishicha, boshqa inspektorni kutishga majbur bo`lgan va u qog`ozlar to`g`ri to`ldirilganini tekshirgandan so`ng o`z ishini bajargan.

Aleksandr Shishlov murojaatda ko`rsatilgan ma`lumotlarni tekshirish tashabbusi bilan chiqdi. Sankt-Peterburgdagi inson huquqlari bo`yicha vakolatli vakilning saytidagi xabarda aytilishicha, tekshiruvdan so`ng davlat va munisipal xizmatlar ko`rsatish markazi xodimasining nomaqbul xatti-harakati tasdiqlangan, u intizomiy javobgarlikka tortilgan.

Kelgusida bunday holatlarning oldini olish uchun markaz rahbariyati xodimlarga muomala madaniyati va me`yorlariga rioya qilish zarurligini eslatib o`tdi, shuningdek, inson qadr-qimmatiga hurmatsizlik qilish mumkin emasligiga urg`u berdi.

    Boshqa yangiliklar