Xorijiy davlatdan yurtimizga olib kelingan avtobus Davlat bojxona qo`mitasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Natijada, mazkur avtobus, hujjatlarda ko`rsatilganidek, 2019 yilda emas, 2011 yilda ishlab chiqarilganligi aniqlandi va 760 million so`m qo`shimcha bojxona to`lovlari hisoblandi.
Yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.






