AsosiyJamiyat

Kitob tuman hokimligi muhim masalada xalqdan fikr kutmoqda

'Kitob tuman hokimligi muhim masalada xalqdan fikr kutmoqda'ning rasmi

Kitob tuman hokimligi axborot xizmati tomonidan hokimlikning rasmiy sahifasida "KITOB - TOShKENT" yo`nalishida qatnovchi yo`nalishsiz taksilar to`xtash joyini Kitob shahrining qaysi hududiga joylashtirish borasida aholi fikrlari qabul qilinayotgani haqida ma`lumot qoldirdi, deya xabar qildi keshnews. 

Aytilishicha, Toshkent shahriga jo`novchi taksilar to`xtash joyi rasman avtoturargoh bo`lmaganligi, katta yo`l chetiga to`xtab yo`lovchilar bilan savdolashish tirbandlikni keltirib chiqargani hamda boshqa transport vositalari harakatiga keskin halaqit qilgani sababli yopilgan.

Shunga ko`ra, mazkur masalada takliflarni hokimlikning Facebook ijtimoiy tarmog`idagi rasmiy sahifasi hamda @Kitobhokimligi telegram manziliga bildirish mumkinligi ma`lum qilindi.

    Boshqa yangiliklar