AsosiyJamiyat

Qoraqalpoq davlat universitetida «Quyosh fotoelektrik stansiyasi» ochildi

'Qoraqalpoq davlat universitetida «Quyosh fotoelektrik stansiyasi» ochildi'ning rasmi

Janubiy Koreyaning KEA (Korea Energy Agency-Koreya energetika agentligi), WEEnergy, Hanbek Construction Co., Ltd kompaniyalari va O`zbekistondagi hamkorlari «Quyosh energiyasi Xalqaro instituti» va Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida universitetning geliopoligonida 3 kVt quvvatdagi Quyosh fotoelektrik stansiyasi tashkil etildi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi axborot xizmati xabar berdi.

Tantanali ochilish marosimida Janubiy Koreyaning “Hanbek Construction Co., Ltd” kompaniyasi direktori In Seung Ryul, universitet rektori A.Reymov, Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o`rinbosari J.Embergenov va universitet jamoasi ishtirok etdi.

Bugungi kunda Qoraqalpoq davlat universitetida “Energetika”, “Elektroenergetika”, “Elektrotexnika, Elektromexanika va elektr texnologiyalari”, “Metrologiya, standartlashtirish va mahsulot sifati menejmenti” ta`lim yunalishlarida kadrlar tayyorlash yo`lga qo`yildi. Hozirda ushbu yo`nalishlarda 700 nafardan ortiq bakalavr bosqichi talabalari tahsil olmoqda. 

Tashkil etilgan Quyosh fotoelektrik stansiyasi va zamonaviy rusmda jihozlangan laboratoriya xonasi talabalar uchun nazariy olgan bilimlarini amaliyot bilan uzviyligini ta`minlashda muhim yirik laboratoriya kompleksi, yosh tadqiqotchilar uchun tadqiqot ob`ekti vazifasini o`taydi.

    Boshqa yangiliklar