AsosiyJamiyat

Surxondaryoda kavrak o`simligi smolasini yig`ish uchun fuqarolarning 170 ming AQSh dollarini qo`lga kiritgan rahbar fosh etildi.

'Surxondaryoda kavrak o`simligi smolasini yig`ish uchun fuqarolarning 170 ming AQSh dollarini qo`lga kiritgan rahbar fosh etildi.'ning rasmi

Kavrak (ferula) o`simligi smolasini yig`ish uchun fuqarolarning 170 000 AQSh dollarini qo`lga kiritgan shaxslarning firibgarligi fosh etildi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Bosh prokuratura Matbuot xizmati ma`lum qildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o`tkazildi.

Unda, “B.E.” xususiy korxonasi rahbari D.K o`zining sheriklari bilan fuqarolar  G.A. va boshqalarning ishonchiga kirib, ularni aldab, 2018 va 2019 yilning yanvar-iyul oylarida Surxondaryo viloyatining tog` va tog`oldi yalangliklarida o`suvchi noyob hisoblangan kavrak (ferula) o`simligi smolasini shartnoma asosida yig`ish uchun ruxsat olib berishi evaziga, fuqarolar G.A. va boshqalarning jami 170 000 AQSh dollari va 53,0 mln. so`m pullarini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan D.K. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar