Ijtimoiy tarmoqlarning bugungi eng ko`p muhokamalarga sabab bo`layotgan mavzu O`zbekiston Respublikasining "Savdo-sanoat palatasi to`g`risida"gi qonunga o`zgarish kiritish to`g`risidagi loyiha desak mubolag`a bo`lmaydi. Bloger Xushnudbek SSPga majburiy a`zolik badalining miqdori haqida ma`lumot berdi.
SSPga majburiy a`zolik uchun yiliga quyidagicha badal puli to`lanadi:
- davlat ulushi bo`lgan banklar – bazaviy hisoblashning 2000 baravari miqdorida, ya`ni 446 mln so`m;
- yirik soliq to`lovchilar toifasiga o`tkazilgan korxonalar – 400 “minimal”, ya`ni 89 mln 200 ming so`m;
- boshqa tijorat banklari – 300 “minimal”, ya`ni 66 mln 900 ming so`m;
- davlat ulushi bo`lgan sug`urta kompaniyalari – 200 “minimal”, ya`ni 44 mln 600 ming so`m;
- boshqa sug`urta kompaniyalari – 100 “minimal”, ya`ni 22 mln 300 ming so`m;
- sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish faoliyati – 70 “minimal”, ya`ni 15 mln 610 ming so`m;
- qurilish faoliyati – 60 “minimal”, ya`ni 13 mln 380 ming so`m;
- ulgurji va chakana savdo faoliyati – 60 “minimal”, ya`ni 13 mln 380 ming so`m;
- qishloq, o`rmon va baliqchilik xo`jaligi faoliyati – 50 “minimal”, ya`ni 11 mln 150 ming so`m;
- tashish va saqlash faoliyati – 50 “minimal”, ya`ni 11 mln 150 ming so`m;
- yashash va ovqatlanish bo`yicha xizmatlar faoliyati – 50 “minimal”, ya`ni 11 mln 150 ming so`m;
- axborot va aloqa xizmati faoliyati – 50 “minimal”, ya`ni 11 mln 150 ming so`m;
- sog`liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko`rsatish faoliyati – 50 “minimal”, ya`ni 11 mln 150 ming so`m;
- yuqoridagilardan boshqa faoliyatlar – 50 “minimal”, ya`ni 11 mln 150 ming so`m.
Shuningdek xabarda quyidagi eslatma ham kiritilgan:
Bu badal faqat a`zolik majburiy bo`lgan yirik tadbirkorlar uchun. A`zolik ixtiyoriy bo`lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun a`zolik badali ancha arzon, ya`ni YaTT - 1,5 minimal, mikrofirma - 6 minimal, kichik korxona - 20 minimal.






