2020 yil 16 yanvar kuni taxminan soat 11:30 larda, Zarbdor tumani Yangihayot mahallasida joylashgan “Gaz manbai” MChJga qarashli avtomobillarga suyultirilgan gaz (propan) quyish shahobchasida portlash sodir bo`lgani haqida xabar bergandik.
Portlash propan gaz saqlanayotgan sisterna yonida, MChJda operator bo`lib ishlagan 40 yoshli Sh.A. temirlarni kesish moslamasi(bolgarka)ni ishlatayotgan vaqtida chaqnash sodir bo`lishi oqibatida yuza kelgan. Oqibatda 2,5 tonna suyultirilgan gaz saqlanayotgan sisterna portlagan.
Natijada fuqaro 40 yoshli Sh.A. hodisa joyida vafot etgan, MChJ direktori 44 yoshli E.I. esa turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.
O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti mazkur holat yuzasidan Jizzax viloyat IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 257-moddasi 2-qismi “a” bandi (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilganligi haqida xabar bermoqda.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.






