AsosiyJamiyat

O`zbekistonda yirik aviasiya forumi o`tkaziladi

'O`zbekistonda yirik aviasiya forumi o`tkaziladi'ning rasmi

Joriy yilning 19-20 fevral kunlari O`zbekistonda yirik aviasiya forumini o`tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Human.uz nashri xabar berdi.

O`zbekistonda aviasiya sohasi uchun juda muhim voqea bo`ladi. Mazkur forumga aeroportlar va ko`rsatilayotgan xizmatlar haqida ko`proq ma`lumot olish uchun yirik xalqaro aviakompaniyalar O`zbekistonga tashrif buyuradi. Bu logistika sohasini yaxshilaydi, yo`lovchilarga qo`shimcha qulayliklar yaratadi va shubhasiz, yangi tashuvchilar, shu jumladan arzon aviakompaniyalarning kelishi sababli aviabilet narxlari pasayadi.

Ushbu tadbirdan keyin bir qator arzon aviakompaniyalar O`zbekistonga qiziqish bildirishi, shuningdek operatorlar mamlakat aeroportlarini nazoratga olishni istashi mumkin.

2020 yil 1 yanvardan boshlab O`zbekistonda charter reyslarini amalga oshiruvchi aviakompaniyalar uchun kompensasiya tizimi joriy etilgan. Har bir jalb qilingan chet ellik sayyoh uchun kompensasiya miqdori mavsumga qarab o`zgaradi. Issiq mavsumda to`lov 20 dollarni, sovuqda (20 noyabrdan 20 fevralgacha) 50 dollarni tashkil qiladi.

Bundan tashqari, 2019 yil 1 oktyabrdan Qarshi, Nukus va Termiz aeroportlarida “beshinchi havo erkinligi”dan foydalangan holda “ochiq osmon” rejimi ishga tushirilgan va chet ellik fuqarolarni tashishda Buxoro aeroportida beshinchi havo erkinligi qo`llanilgan.

“Ochiq osmon” rejimi xorijiy aviakompaniyalarga aeroportda xalqaro reyslarni parvozlar soniga cheklovlarsiz amalga oshirishga imkon beradi. Eng konservativ tahminlarga ko`ra, bunday rejimning joriy qilinishi yo`lovchilar tashishni 25-30 foizga oshirish imkonini beradi”, — deyiladi xabarda.

 

    Boshqa yangiliklar