Avvalroq, Sankt-Peterburg shahrida qator O`zbekiston fuqarolari yangi yil bayrami kunlari qo`lga olingani va ularga nisbatan ma`muriy choralar qo`llanilgani haqida xabar berilgan edi.
Shu munosabati bilan Rossiyaning mazkur shaharlaridagi mamlakatimizning diplomatik muassasalari tegishli hukumat organlari bilan birgalikda hodisaning barcha tafsilotlariga aniqlik kiritmoqda, deya xabar berdi TIV.
Shuningdek, Konsullik-huquqiy departamenti chet eldagi O`zbekiston fuqarolaridan ular borgan mamlakatning qonunlari va qoidalarini diqqat bilan o`rganishlarini va ularga qat`iy amal qilishlarini so`raydi.






