«Taxiatosh» temir yo`l bekatidan «Don mahsulotlari» AJ korxonasiga kirish temir yo`lida Qo`ng`irot lokomotiv deposi mashinisti Abatbay E. va uning yordamchisi Islombek K, konduktor Mahmud.A. birgalikda dizel yoqilg`isini talon-taroj qilayotganlarida ushlangan. Bu haqda IIV Transportda xavfsizlikni ta`minlash bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Ular 110 litr dizel yonilg`isini o`g`irlab, Nukus shahrida yashovchi fuqaro Timur A.ga sotmoqchi bo`lgan.
O`z qasamyodiga sodiq qolgan xodim bu haqda rahbariyatga bildirgi bilan murojaat etgan. Shunga ko`ra, Qoraqalpog`iston Respublikasi huquq-tartibot idoralari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi va 15 yanvar kuni soat 20:30larda fuqaro Timur A. mayor J.Erimbetovning xizmat xonasida unga 10.000.000 so`m pulni pora tariqasida berayotgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.