1

Dehqonobodda qo`shnisining qariyb 60 million so`m puli va 1120 dollarini o`g`irlaganlar qo`lga olindi

Jinoyat 17.01.2020, 22:41
Dehqonobodda qo`shnisining qariyb 60 million so`m puli va 1120 dollarini o`g`irlaganlar qo`lga olindi

Dehqonobod tumanida qo`shnisining qariyb 60 million so`m puli va 1120 dollarini o`g`irlagan jinoyatchilar qo`lga olindi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma`lum qilmoqda.

Aytilishicha, 2020 yil 17 yanvar kuni Dehqonobod tumani «Paxtachi» mahalla O`zbekiston ko`chasi 128-uyda yashovchi fuqaro Isajon Norqobilov tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, joriy yil 14 yanvardan 15 yanvarga o`tar kechasi uyidan 1120 AQSh dollari, ancha miqdordagi puli hamda yashash uyining kadastr hujjatlari yo`qolganini ma`lum qilgan.

Mazkur jinoyat yuzasidan olib borilgan surishtiruvlar davomida o`g`rilikni jabrlanuvchi bilan bir mahallada yashovchi vaqtincha ishsiz fuqaro F.Q. sherigi T.N. bilan sodir etgani ma`lum bo`lgan. O`g`rilardan 58 million 770 ming so`m pul, 1110 dollari ashyoviy-dalil sifatida olingan. 

Sodir etilgan ushbu o`g`irlik yuzasidan Dehqonobod tumanida Qashqadaryo viloyat IIB boshlig`ining birinchi o`rinbosari polkovnik S.Turdiev boshchiligidagi ishchi guruh, tuman IIB, prokuratura, mahalla faollari, jabrlanuvchi va jinoyatchilar hamda ularning ota-onalari ishtirokida mazkur jinoyat ishi muhokama etilgan. Hali o`ttiz yoshga ham to`lmagan bu jinoyatchilarning qilmishi o`rganilgan. Viloyat IIB rahbariyati ishtirokida bo`lib o`tgan muhokamada jinoyat ishtirokchisi F.Q. ga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi qo`llanilgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, dastlabki tergov harakatlari tuman IIB tergov bo`limi tomonidan olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1