1

Eng yaxshi innovasion dars ishlanmasi muallifiga 1 million so`m pul mukofoti beriladi

Jamiyat 18.01.2020, 10:37
Eng yaxshi innovasion dars ishlanmasi muallifiga 1 million so`m pul mukofoti beriladi

Xalq ta`limi vazirligi tasarrufidagi Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktabi ma`muriyati 2020 yil 20 yanvardan 1 fevralga qadar pedagog xodimlar o`rtasida “Eng yaxshi innovasion dars ishlanmasi” ko`rik-tanlovini o`tkazadi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovda Toshkent shahridagi umumta`lim maktablarida faoliyat ko`rsatayotgan pedagog xodimlar ixtiyoriy ravishda ishtirok etishi mumkin.

Mazkur tanlovda g`olib deb topilgan pedagog xodimlar homiylar tomonidan 1 million so`m miqdorida pul mukofoti, tanlovda ishtirok etib, sovrinli o`rinni egallagan pedagog xodimlar qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirlanadi. (FFIDUM pedagog xodimlari uchun alohida, Toshkent shahri umumta`lim maktablaridan qatnashgan g`olib pedagog xodimlar uchun rag`batlantirish alohida tashkil etiladi).

Tanlovga ro`yxatdan o`tish: https://forms.gle/iejPjN6Xk1Qu8qEt6

Dars ishlanmasini 2020 yil 1 fevralga qadar ushbu botga: @filolog_bot MS WORD shaklida yuboriladi. Murojaat uchun telefon: (99871) 235-35-72.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1