1

Toshkent viloyatida qalbaki pullar aniqlandi

Jinoyat 18.01.2020, 12:02
Toshkent viloyatida qalbaki pullar aniqlandi

Ohangaron. 2020 yil 13 yanvar kuni “Chinor” YPX maskanida xizmat olib borayotgan Ohangaron tumani IIB YPX xodimlari tomonidan Andijon viloyati Baliqchi tumanida yashovchi fuqaro 33 yoshli U.M.ning boshqaruvidagi “Nexia-2” rusumli avtomashinasi to`xtatildi.  Tekshiruv vaqtida, yo`lovchi 22 yoshli I.S.ning yonidan 1 (bir) dona 100 AQSh dollari va 2 (ikki) dona 50 AQSh dollari kupyurasidagi hamda 23 yoshli T.X.ning yonidan 21 (yigirma bir) dona 50 AQSh dollari va 2 (ikki) dona 100 AQSh dollari kupyurasidagi pullari borligi aniqlandi. Umumiy 1.450 AQSh dollari miqdoridagi pullar shubha tug`dirganligi sababli tekshirib ko`rishlik uchun ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Sud-texnik ekspertiza xulosasida, I.S. va T.X.lardan olingan 1.450 AQSh dollari miqdoridagi pullar qalbaki ekanligi va AQShda ishlab chiqarilgan nominal pul kupyurasiga mos kelmasligi qayd etilgan.

Holat yuzasidan Ohangaron tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog`ozlar yasash, ularni o`tkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan hamda U.M. va T.X.lar prosessual tartibda ushlanganlar.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1