Prezidentning 2019 yil 28 iyundagi “O`smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qaroriga muvofiq, DXX tasarrufida Qibray “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik liseyi tashkil etilmoqda.
Mazkur liseyga yuqori bilim darajali, intellektual salohiyat va professional mahoratga hamda kamida 5 yil uzluksiz pedagogik ish stajiga ega bo`lgan va quyidagi fanlardan dars beruvchi o`qituvchilar ishga taklif qilinadi:
-ona tili va adabiyoti; -rus tili va adabiyoti; -tarix; -ingliz tili; -fizika; -astronomiya; -algebra; -geometriya; | -kimyo; -biologiya; -geografiya; -ma`naviyat asoslari; -davlat va xuquq asoslari; -jismoniy tarbiya; -informatika va axborot texnologiyalari; -chaqiruvga qadar boshlang`ich tayyorgarlik. |
O`qituvchilar tanlov asosida qabul qilinadi.
Oylik qancha?
“Temurbeklar maktabi” ishchi va xizmatchilari sonidagi xodimlarining bazaviy tarif stavkalari:
- o`qituvchilaruchun - 5 barobar;
- psixolog uchun - 3 barobar;
- axborotlashtirish va aloqa bo`linmalari xodimlari- 2 barobaroshirilgan miqdorda to`lanadi.
Manzil: Toshkent viloyati, Qibray tumani, Geofizika shaharchasi (Qibray qishloq xo`jalik kasb-hunar kolleji o`rnida).
Ishlashni xohlovchi o`qituvchilar 2020 yilning 10 fevraliga qadar DXX Institutiga (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Taras Shevchenko ko`chasi, 20-uy) yoki 71-252-92-30 telefon raqamiga murojaat qilishlari mumkin.