AsosiyJinoyat

Haydovchi YPX inspektoriga 2 million so`m pora berayotganida qo`lga olindi

'Haydovchi YPX inspektoriga 2 million so`m pora berayotganida qo`lga olindi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati  yo`l patrul xizmati katta inspektori A. Haqberdiev  2020 yil 18 yanvar kuni Koson tumani bo`ylab xizmat olib borayotganida “Vaz-2106” haydovchisini o`rnatilgan tartibda to`xtatib, avtomashinani ko`zdan kechiradi. Ish jarayonida haydovchi X.S., transportni tegishli hujjatlarsiz boshqarib yurganligini aniqlab unga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtinchalik jarima maydonchasiga joylashtirgan.  

O`zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmatining xabar berishicha, haydovchi X.S. javobgarlikdan qochish maqsadida YPX katta inspektori A.Haqberdievga 2 million so`m pullarni pora tariqasida taklif qilgan.

Xodimning bildirgisiga ko`ra, o`tkazilgan tezkor tadbirda davomida shu kuni soat 16:00 larda fuqaro X.S., YPX katta inspektori A.Haqberdievga 950 ming so`m va 100 AQSh dollari miqdoridagi pullarni pora tariqasida berayotgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan tergovoldi surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar