AsosiyJamiyat

Surxondaryolik haydovchi Toshkentda ikki nafar YPX xodimini avtomobili bilan urib ketdi

'Surxondaryolik haydovchi Toshkentda ikki nafar YPX xodimini avtomobili bilan urib ketdi'ning rasmi

Toshkent shahar M.Ulug`bek tumanida joriy yilning 18 yanvar kuni 1993 yilda tug`ilgan Surxondaryo viloyati Termiz tumanida ro`yxatda turuvchi, hech qaerda ishlamaydigan, D.Sh. “Spark”ni xavfsizlik kamarini taqmasdan boshqarib ketayotganda YPXB inspektori tomonidan to`xtatiladi. 

IIV YHXBB Axborot xizmatining ma`lumotiga ko`ra, haydovchi inspektorning qonuniy talablariga bo`ysunmasdan urib, voqea joyidan qochadi. Haydovchi Ziyolilar - T.Malik ko`chalari chorraxasida uni qayta to`xtatmoqchi bo`lgan inspektorni ham avtomobili bilan urib, voqea joyidan yashiringan. Natijada inspektor olgan tan jarohati tufayli IIV Markaziy gospitaliga yotqizilgan.  

Ko`rilgan tezkor choralar natijasida haydovchi D.Sh. ushlangan. Haydovchining hujjatlari tekshirilganda transport vositasini qayd etish guvohnomasi (texpasport) bo`lmagan.

Hozirda prokuratura idoralari tomonidan tergovoldi tekshiruv-surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar