2020 yil 17 yanvar kuni “You-Tube” internet ijtimoiy tarmog`ining “Baxodir brat” kanaliga “QAShQADARYoDA OVChI GAI XODIMI” sarlavhali videolavha e`lon qilingan.
(yaqin daqiqalarda shu joyga holat aks etgan video joylanadi)
Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati ushbu holatga manosabat bildirdi.
Unga ko`ra, Mazkur videotasvirda, 2019 yil 03 dekabr kuni viloyat IIB YHXB YPX 1-YPX otryadi komandiri tomonidan tasdiqlangan xizmat taqsimotiga asosan, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini va yo`llarda harakat xavfsizligini ta`minlash, yo`l-transport xodisalarini oldini olish, hamda qoidabuzar haydovchilarni aniqlab, ularga nisbatan ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirish maqsadida M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo`lining G`uzor tumani xududidan o`tuvchi 1224 km.dan 1275 km.gacha bo`lgan masofada xizmatga jalb qilingan 1-YPX otryadi 3-safarbarlik guruhi YPX inspektori safdor Z.Pardaevning xizmat o`tash holati tasvirlangan.
Shu kuni soat 14:54 larda M-39 Toshkent-Termiz avtomobil yo`lining 1249-1250 km, ya`ni G`uzor tumani Qorakamar choyxonasi ro`parasida xizmat o`tab turgan vaqtida Termiz yo`nalishi bo`yicha harakatlanib kelayotgan “NUNDAY” rusumli 40 C 482 SA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi yo`lning 1249 km.da o`rnatilgan 3.24 yo`l belgisi ta`sir maydonida 50 km/s. tezlik cheklangan joyda 64 km/s. tezlikda harakatlanib kelgani safdor Z.Pardaevga ajratilgan “Iskra video-2” rusumli tezlikni o`lchash moslamasi yordamida aniqlangan.
Shundan so`ng, safdor Z.Pardaev “NUNDAY” rusumli 40 C 482 SA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisini o`rnatilgan tartibda to`xtatib, o`zini tanishtirib, avtomashina boshqarishga oid hujjatlarini talab qilib olib, sodir etgan qoidabuzarligi bo`yicha tushuncha beradi. Haydovchi Usmonov Shuxratjon Yuldoshevichga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2015 yil 24 dekabr kunidagi 370-sonli Qarori bilan tasdiqlangan “Yo`l xarakati qoidalari”ning 77-bandida ko`rsatilgan qoidabuzarlikni sodir etganligi uchun UZ-19-seriyali 70-221271-raqamli ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirgan.
Haydovchi Sh.Usmonov o`zi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlikni tan olmasdan, YPX inspektoriga tezlikni ulchash moslamasi 70 km./s. joyga o`rnatilganligini, o`zi esa 50 km./s. joyda o`tirib noqonuniy ma`muriy bayonnoma rasmiylashtirayotganligini aytib o`zini va YPX inspektorini xizmat o`tash holatini qo`l telefoniga videotasvirga olgan. YPX inspektori haydovchiga tezlikni o`lchash moslamasini ko`rsatganligini, agar lozim bo`lsa yana ko`rsatishini ta`kidlab, ma`muriy bayonnoma bilan tanishib imzo qo`yishni so`ragan.
Shunda fuqaro Sh.Usmonov ma`muriy bayonnomaga imzo qo`yishdan bosh tortgan. YPX inspektori ikki nafar fuqaroni yoniga chaqirib, “NUNDAY” rusumli 40 C 482 SA davlat raqam belgili avtomashina haydovchisi o`zi tomonidan sodir etilgan qoidabuzarlikni tan olmay ma`muriy bayonnomaga imzo qo`yishdan bosh tortayotganligini ma`lum qilib, holislar ishtirokida dalolatnoma rasmiylashtirgan.
Mazkur holat yuzasidan viloyat IIB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan xizmat tekshiruv o`tkazilmoqda.






