Xabaringiz bor, joriy yilning 11 yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani, “Mustaqillik” ko`chasidagi ommaviy tartibsizlik yuzaga kelgan edi. Bunga sabab, to`xtash mumkin bo`lmagan joyda to`xtagan mashina jarima maydogchasiga olib borilganidan so`ng, haydovchi o`sha erda qoldirilgan YPX xodimining mashinasi uchun ham bayonnoma rasmiylashtirishni talab qilib, ommani e`tiborini jalb etgan. Shundan so`ng, Chiroqchi tumanida “znak”ka bayonnoma rasmiylashtirayotgan YPX xodimining o`zi ham shu qoidabuzarlik bo`yicha javobgarlikka tortilgan edi.
AYni paytda ushbu holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumotlar taqdim etildi.
Unga ko`ra, Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani prokuraturasi tomonidan “2020 yil 11 yanvar kuni Sh.Nurimov va boshqalarning harakatlarida jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan, hokimiyat vakiliga qarshilik ko`rsatish orqali ommaviy tartibsizliklar tashkil qilish va faol qatnashish, g`arazgo`ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish kabi ijtimoiy xavfli qilmishlar alomatlari mavjudligi sababli mazkur holat yuzasidan” joriy yilning 17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 139-moddasi 3 qismi “g” bandi va 277-moddasi 2 qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo`zg`atildi.
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB YPX katta inspektori, katta serjant N. Yarmatovga nisbatan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda.
Ushbu holat yuzasidan qo`shimcha ma`lumot beriladi, deyiladi IIV YHXBB Axborot xizmati rasmiy xabarida.






