AsosiyJamiyat

Deputatlar, senat a`zolariga guvohnoma va ko`krak nishonlari topshirildi

'Deputatlar, senat a`zolariga guvohnoma va ko`krak nishonlari topshirildi'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari va Senati a`zolariga guvohnoma hamda ko`krak nishonlarini topshirildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi xabar qildi.

Parlament saylovlari natijalariga ko`ra, MSK O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 150 nafar deputatini va Senatining 97 nafar a`zosi ro`yxatga olingani haqida avval xabar bergan edik. Senat a`zolarining 13 nafari  Shavkat Mirziyovning 17 yanvardagi farmoniga asosan tayinlangan.

Marosimda MSK raisi Mirzo-Ulug`bek Abdusalomov milliy parlamentning yangi saylangan va prezident farmoniga binoan tayinlangan a`zolarini sharafli maqomga musharraf bo`lgani bilan tabrikladi.

Tadbirda parlament a`zolari endi o`zining bor kuch-g`ayrati, ulkan ilmiy, ijodiy va etakchilik salohiyatini hamda insoniy fazilatlarini xalqning va mustaqil O`zbekistonning ravnaqi yo`lida safarbar etadi, degan umid bildirildi.

O`zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining va Senatining birinchi majlislari shu yilning 20 yanvar kuni Toshkent shahrida chaqirish to`g`risida qaror qabul qilingan.
 

Boshqa yangiliklar