AsosiyJamiyat

Termiz davlat universiteti 5 kunlik ta`lim tizimiga o`tdi

'Termiz davlat universiteti 5 kunlik ta`lim tizimiga o`tdi'ning rasmi

Termiz davlat universitetida 5 kunlik ta`lim tizimiga o`tildi. Bu haqda universitetning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma`lum qilindi.

“5 kunlik ta`lim tizimiga o`tish qarorini universitetning telegram kanalida o`tkazilgan so`rovnoma orqali professor-o`qituvchilarning 86 foizi, talabalarning 95 foizi qo`llab-quvvatladi”, deyiladi xabarda.

Shunga ko`ra, Termiz davlat universitetida joriy yilning 1 fevralidan boshlab haftada 5 kun dars bo`lishi belgilanadi. 

Haftaning shanba kuni “Kitobxonlik va mustaqil ta`lim soatlari”, yakshanba kuni esa odatdagiday dam olish kuni bo`ladi.

Ma`lumot uchun: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti ham joriy yilning 25 noyabridan boshlab besh kunlik ta`lim tizimiga o`tgan edi. Keyingi vaqtda OAVda talabalarga ta`lim jarayonida muayyan erkinliklar berish bo`yicha takliflar e`lon qilinmoqda. Hozirda ayrim OTMlarda talabalardan rasmiy forma talab qilish ham bekor qilingan.

Boshqa yangiliklar