1

Shahrisabz shahridan Shayboniylar davriga oid tangalar topildi

Jamiyat 13.02.2015, 16:31
Shahrisabz shahridan Shayboniylar davriga oid tangalar topildi

Shahrisabz shahridagi Amir Temur maydoni hamda kelajakda Oqsaroy, Dorut-tilovat va Dorus saodat majmualarini birlashtiruvchi xiyobonda olib borilayotgan qurilish-ta`mirlash ishlari davomida o`tgan yilning oxirida umumiy og`irligi 281 grammga teng 61 ta kumush tangadan iborat xazina topilgan. Bu haqda uz24.uz nashri xabar bermoqda.

Mahalliy muzey mutaxassislari tangalarning XVI asrning birinchi choragida — Shayboniylar davlatining Shayboniyxon va boshqa hukmdorlari davrida zarb etilganini aniqladi, deb xabar bermoqda «Pravda Vostoka» gazetasi.

Eslatib o`tamiz, «Shahrisabz shahrini obodonlashtirish va rekonstruksiya qilish bo`yicha kompleks tadbirlar dasturi to`g`risida»gi hukumat qaroriga asosan Qashqadaryo viloyatida  qurilish-ta`mirlash ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1