Avval xabar berganimizdek, ayni paytda Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirokida Qonunchilik palatasining birinchi yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Dastavval, Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri va uning o`rinbosarlari saylab olindi.
Ayni paytda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining Parlamentga murojaati eshitilyapti.
Davlat rahbari o`z nutqida fuqarolar murojaatlari va ularning voqea -hodisalarga bo`lgan munosabatlariga alohida e`tibor qaratdi. Xususan, “Mening fikrim” portali faoliyatini takomillashtirish lozimligi, shuningdek, ushbu portalga bo`lgan murojaatlarni endilikda televidenie va OAV orqali olib chiqish, unga deputatalar va tegishli tashkilotlar ishtirokini ham ta`minlash shartligini ta`kidladi.