AsosiyJamiyat

Avtomobil boshqaruvini yo`qotgan haydovchi o`z o`limiga sababchi bo`ldi

'Avtomobil boshqaruvini yo`qotgan haydovchi o`z o`limiga sababchi bo`ldi'ning rasmi

 20 yanvar kuni soat 02:30 larda Xorazm viloyati Yangibozor tumanida yo`l-transport hodisasi ro`y berdi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati xabar bermoqda.

 Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, haydovchi Shovot tumanida yashagan, 1988 yilda tug`ilgan, A.O. “Neksiya-3” rusumli avtomobilni Shovot-Urganch yo`nalishida boshqarib borayotib boshqaruvni yo`qotib yo`l chetiga ag`darilgan.

Natijada haydovchi A.O. bosh qismidan tan jarohati olib kasalxonada  vafot etgan.

 

    Boshqa yangiliklar