AsosiyJamiyat

"Andijon shahargaz" xodimlari aholi uchun tarqatiladigan suyultirilgan gazni o`g`irlagan

'"Andijon shahargaz" xodimlari aholi uchun tarqatiladigan suyultirilgan gazni o`g`irlagan'ning rasmi

O`zneftgazinspeksiyaning axborot xizmatining xabar berishicha, aholi uchun tarqatiladigan suyultirilgan gazlardan Andijon shahridagi “Andijon shahargaz” filialida 25 ming kg (54,3 million so`m) miqdordagi suyultirilgan gazni hisobdan chiqarish holati aniqlangan. 

Bundan tashqari omborni tekshirish vaqtida ushbu filial xodimlari tomonidan 738 mln so`mlik 2 390 ta maishiy gaz balonlarining etishmasligi aniqlandi.

Ushbu dalillarga qo`shimcha ravishda, filial xodimlari aholidan suyultirilgan gaz uchun olingan mablag`larni xizmat ko`rsatuvchi bank kassasiga topshirmagan, shu bilan 80 mln so`m qiymatidagi naqd pul mablag`larini qisqartirib qo`pol qonunbuzarliklarga yo`l qo`ygan.

    Boshqa yangiliklar