Chilonzor tumani Zargarlik ko`chasi va Olmazor tumani “Jomiy” maydonidan o`tuvchi magistral issiqlik quvurlarida nosozlik yuzaga keldi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi xabar berdi.
Ayni vaqtda mazkur muammolarni bartaraf etish ishlari boshlandi. Shu munosabat bilan 21 yanvar kuni soat 18:00ga qadar Chilonzor tuman “Guliston”, “Algoritm”, Olmazor va Shayxontohur tumani “Sebzor”, “Shimoliy Olmazor”, “Taxtapul”, Markaz-12, 15, 17 va 18 mavzelarida vaqtincha issiq suv va issiqlik ta`minoti uziladi.
«Toshissiqquvvati» DUK keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so`raydi.






