AsosiyJinoyat

Mast yo`lovchi Sirdaryoda YPX inspektorlariga tan jarohati etkazdi

'Mast yo`lovchi Sirdaryoda YPX inspektorlariga tan jarohati etkazdi'ning rasmi

2020 yil 20 yanvar kuni soat 21:30larda, Sirdaryo viloyati Sirdaryo shahar hududi bo`ylab yo`l harakati xavfsizligini ta`minlab, bodikameralar bilan xizmat olib borayotgan Sirdaryo tumani IIB YHXB YPXG katta inspektorlari, E. Parmanov, S.Fayziev hamda tumani IIB 2-son mahalla IIB YPX xodimi F.Alimbaevlar Sirdaryo shahar O`zbekiston shoh ko`chasida mastlik holatini aniqlash bo`yicha reyd olib borayotgan vaqtida, Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, 1988 yilda tug`ilgan Xamroev Jamoliddin Zaxriddinovich Yangi Mirishkor qishlog`ida yashovchi, 1971 yilda tug`ilgan Umarov Baxtiyor Panjievichga tegishli bo`lgan “Neksiya” rusumli 70 K 676 LA davlat raqam belgili avtomobilni xujjatlarsiz boshqarayotib, YPX inspektorining to`xtash ishorasiga bo`ysunmasdan, harakatni davom ettirgan.  

Shundan so`ng, YPX katta inspektori E.Parmonov “Lasetti” rusumli 20 230 VSF davlat raqam belgili xizmat avtomobilida YPX inspektorlari S.Fayziev va F.Alimbaevlar bilan birgalikda “Neksiya” avtomobilini kuzatib borishgan. Ular to`xtash ishorasiga bo`ysunmasdan harakatlangan transport vositasini Sirdaryo shahar Yangi Hayot mahallasidagi “Mega lyuks” korxonasi yonida to`xtatib, haydovchidan xujjatlarni taqdim etishini so`rashgan. Haydovchi J.Xamroev boshqarish huquqini beruvchi xujjatlari yo`qligini ma`lum qilgan vaqtida, “Neksiya” avtomobili yo`lovchisi Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumanida yashovchi, 1996 yilda tug`ilgan Panjiev Jaxongir Baxtiyor o`g`li yo`lovchi o`rindig`i tomonidan tushib kelib, tizzasi bilan, xizmat vazifasini bajarayotgan YPX inspektori E.Parmonovning qorin qismiga tepib, ko`krak nishonini yulib olgan.  

Shuningdek, YPX inspektori serjant S.Fayziev fuqaro J.Panjievni tinchlantirmoqchi bo`lgan vaqtida, unga ham faol qarshilik ko`rsatib, uning ham ko`krak nishonini yulib olib, barmog`ini qayirib sindirgan. YPX inspektorlari fuqarolar J.Panjiev va J.Xamraevlarni shaxsiga aniqlik kiritish va qonuniy chora ko`rish maqsadida Sirdaryo tumani IIBga olib kelishgan vaqtida, fuqaro J.Panjiev o`zining huquqbuzarligini yana davom ettirib, safdor F.Alimboevning yuz qismiga bir marotaba kallasi bilan urib, tan jarohati etkazgan.  

Fuqaro J.Panjievni alkotestor ko`rigidan o`tkazilganda, “alkogol mastlik” holatida ekanligi aniqlangan.  

Hozirda bodikameralar xotiralari tekshirilib, Sirdaryo  tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar