AsosiyJamiyat

Prezident ko`rsatmasiga binoan Tomskdagi yong`in sabablarini o`rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi

'Prezident ko`rsatmasiga binoan Tomskdagi yong`in sabablarini o`rganish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzildi'ning rasmi

Avval xabar berilganidek, Rossiya Federasiyasi Tomsk oblastida yong`in natijasida, 2 nafar fuqaro jabrlanib, 10 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari voqea joyida vafot etgan edi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning ko`rsatmasiga asosan yong`in sabablarini o`rganish, jabrlanganlar va halok bo`lgan fuqarolarning oila a`zolariga yordam ko`rsatish maqsadida Hukumat komissiyasi tuzilib, unga qator vazifalar yuklatildi. Jumladan Hukumat komissiyasiga:

halok bo`lgan fuqarolar va jabrlanganlarning yaqinlariga zarur tibbiy va psixologik yordam ko`rsatish;

jabrlanganlar va halok bo`lgan O`zbekiston Respublikasi fuqarolarining jasadini Vatanga olib kelish bo`yicha tashkiliy choralarni ko`rish;

Rossiya mutaxassislari bilan hamkorlikda yong`inni kelib chiqish sabablarini o`rganish;

mahalliy hokimiyat va o`zini o`zi boshqarish organlari bilan birgalikda vafot etgan fuqarolarning shaxsiga aniqlik kiritish va ularning oila a`zolariga dafn marosimlarini o`tkazishda amaliy yordam ko`rsatish yuklatildi.

Avvalroq O`zbekiston Bosh konsulxonasi Tomskdagi vaziyatni nazoratga olgani, Rossiyada yonib halok bo`lgan o`zbekistonliklardan 9 nafarining shaxsi aniqlangani xabar berilgandi.

 

 

 

    Boshqa yangiliklar