17 yanvar kuni Poyariq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroning uyidan matoga o`ralgan 16,4 gr. opiy (ko`knor) giyohvandlik vositasi hamda hisobga qo`yilmagan, 1 dona “MS-20” qo`sh otar qurol 3 dona o`qi bilan qonunga xilof ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar bermoqda.
Mazkur holat yuzasidan Poyariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi (Giyovandlik vositalari o`tkazish maqsadini ko`zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) va 248-moddasi 1-qismi (Qurol, o`q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish qurilmalariga qonunga xilof ravishda egalik qilish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






