AsosiyJamiyat

Gripp bo`lgan bolalar ko`p, shifoxonalar tirband...

'Gripp bo`lgan bolalar ko`p, shifoxonalar tirband...'ning rasmi

Ayni paytda qish mavsumi, ob-havo salqin bo`lganidan aholi o`rtasida gripp va boshqa o`tkir respirator kasalliklar nisbatan ko`p kuzatilyapti. Shu munosabat bilan Toshkent shahrida shifoxonalarda ham qo`shimcha o`rinlar tashkil etilmoqda. 

Bu haqda Aloqa va axborotlashtirish agentligida Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tashkil etilgan anjumanda aytib o`tildi.

Qayd etilishicha hozirgi vaqtda gripp va o`tkir yuqumli respirator kasalliklarning oldini olish va davolash borasida vazirlik hamda agentlik tomonidan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. 

Xususan Toshkent shahri misolida oladigan bo`lsak, 2020 yil 1 yanvar holatiga ko`ra, beshta bolalar klinik shifoxonasi va 4-son shahar klinik shifoxonasidagi bolalar bo`limi aholiga xizmat ko`rsatyapti. 

Ayni paytda qish mavsumi bo`lgani uchun bolalar o`rtasida o`tkir respirator kasalliklar birmuncha ko`paygani qayd etilmoqda. Natijada shahar shifoxonalaridagi mavjud 1267 ta o`rin kamlik qilyapti. 

Hozirda poytaxtimizdagi 3-son bolalar shifoxonasida ta`mirlash ishlari olib borilayotgani bois vaziyatni hisobga olgan holda boshqa tibbiyot muassasalarida ham qo`shimcha 150 ta o`rin tashkil etilgan. 

Tadbirda sog`liqni saqlash tizimi mutaxassislari aholini qish mavsumida avj oladigan o`tkir respirator va virusli kasalliklardan ogoh qilish, ularning oldini olish borasida aholi xabardorligini oshirish bo`yicha yanada faol bo`lishni so`rashdi. Kasallik yuqmasligi uchun doka niqob taqib yurish, uni har yarim soatda almashtirib yoki yuvib-dazmollab turish, immunitet kuchli bo`lishida to`laqonli ovqatanish lozimligini tayinlashdi. 

Manzura BEKJONOVA

Boshqa yangiliklar