AsosiyJinoyat

Samarqanddagi mol bozorda janjal bo`ldi

'Samarqanddagi mol bozorda janjal bo`ldi'ning rasmi

13 yanvar kuni taxminan soat 08:30 larda 27 yoshli F.M. Samarqand viloyati Payariq tumanidagi mol bozorida 25 yoshli U.I.ga qoramol sotayotgan vaqtida narx yuzasidan tortishib o`zaro janjallashib qolishadi. So`ng F.M. qattiq jism bilan U.I.ni bosh qismiga zarb bilan urgan. Natijasida U.I. tan jarohati olib  Payariq tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgani ma`lum bo`ldi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar qilmoqda.

Sudga oid tibbiy ekspertizaning xulosasiga ko`ra, U.I. og`ir tan jarohatlari olganligi ko`rsatilgan.

Mazkur holat yuzasidan joriy yil 23 yanvar kuni Payariq tumani IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan F.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og`ir shikast etkazish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. F.M. gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilingan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar