AsosiyJinoyat

Andijonda qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining oldi olindi

'Andijonda qalbaki kupyuralarning muomalaga kiritilishining  oldi olindi'ning rasmi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon shahar bo`limi tomonidan DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro K.N. fuqaro F.X.ga 9 dona 50 ming so`m qalbaki kupyuralarni 225 ming so`mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda "Darakchi.uz"ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Holat yuzasidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro K.N. qalbaki pullarni fuqarolar S.X., B.P. va boshqalar bilan oldindan til biriktirib, Xo`jaobod tumani, Amir Temur ko`chasida joylashgan xonadonda rangli printer yordamida ishlab chiqarganliklari aniqlanib, qalbaki pullarni ishlab chiqarishda foydalanilgan rangli printer va boshqa jihozlar ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan K.N., S.X., B.P. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar