my5
28

Bugun Jizzaxda is gazidan zaharlanib uch bola halok bo`ldi, ularning onasi reanimasiyada

Jamiyat 25.01.2020, 18:16
1326
Bugun Jizzaxda is gazidan zaharlanib uch bola halok bo`ldi, ularning onasi reanimasiyada

Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanidagi Ziyokor mahallasida uch nafar aka-uka va ularning onasi is gazidan zaharlandi. Fojia oqibatida bolalar vafot etishgan, ona reanimasiya bo`limida qolmoqda.

SSV Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi rahbari Furqat Sanaevning ma`lum qilishicha, baxtsiz hodisa bugun, 25 yanvar kuni tong soat 5:10lar atrofida ro`y bergan

Vafot etgan bolalar 8, 12 va 14 yoshlarda, ularning hammasi o`g`il bolalar bo`lgan. Bolalarning onasi, 37 yoshli S.A. hozir reanimasiya bo`limida, shifokorlar uning hayoti uchun kurashmoqda.

Ta`kidlanishicha, mazkur hodisa yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan ma`lumotlarning barchasi ham to`g`ri emas, ya`ni ular ovqatdan emas, is gazidan zaharlanib vafot etishgan.

Eslatib o`tamiz, is gazi 9 yanvar kuni Jizzax viloyatining G`allaorol tumanida ham bir oilaning 4 a`zosini hayotdan olib ketgan edi. «Ko`kgumbaz» MFYga qarashli Qorong`ul qishlog`ida yashovchi ota-ona hamda ularning ikki farzandi halok bo`lgan edi.

Yanvar oyida, shuningdek, Toshkent shahar Yunusobod tumanida ona va ikki yoshli farzandi, Farg`ona viloyati Quva tumanida bir oilaning ikki farzandi is gazidan zaharlanib, vafot etdi.

Шарҳлар