Andijonda 8 oylik farzandini 5 000 AQSh dollariga sotmoqchi bo`lgan ayol ushlandi. Bu haqida Bosh prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro J.A. (2000 y.t. oilali) 2019 yilda tug`ilgan qiz farzandini fuqaro M.ga 5 000 AQSh dollariga sotib, tug`ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.






