AsosiyJinoyat

Uyni ta`mirlagan kishi 11 millionlik mulkni o`g`irlab ketdi

'Uyni ta`mirlagan kishi 11 millionlik mulkni o`g`irlab ketdi'ning rasmi

Notanish kimsalarga ishonish, ularning kimligi, qanday inson ekanligini bilmay turib, mol-mulkni ishonib topshirish, uyda yolg`iz qoldirish xonadon egalariga anchagina qimmatga tushishi mumkin. Shunday holat Mirzo-Ulug`bek tumanida sodir bo`ldi. Bu haqda IIV xabar berdi.

Ya`ni 21-yanvar kuni soat 08:00 da 26 yoshli yollangan ishchi Eldor K. 32 yoshli Murod T.ning uyini ta`mirlash davomida uydan narxi 1.500.000 so`m bo`lgan televizor va narxi 10.000.000 so`m bo`lgan suv isitgichni o`g`irlab ketgan. Eldorga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 169-moddasi (“O`g`rilik”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Holat bo`yicha tergov ishlari olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan IIV barchani ogohlikka chaqiradi. Imkon qadar yaxshi tanimagan kishilarni uyingizga kirgizmang, ularni bolalar bilan yolg`iz qoldirmang. Xonadonni ularga ishonib qarovsiz qoldirish ham yuqoridagiday salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Boshqa yangiliklar