Xorazm. Fuqaro 44 yoshli G.R., 2017 yilning iyun oyidan sentyabr oyigacha bo`lgan vaqt oralig`ida 50 yoshli O.R.ning ishonchiga kirib, unga Urganch tumani joylashgan o`ziga tegishli bo`lgan 700 kv.m. maydonli noturar binoni sotishini aytib, O.R.ni aldab, undan jami 59.400.000 so`m va 3.700 AQSh dollar pullarini olib, O.R.ga 700 kv.m. noturar binoni bermasdan, ushbu pullarni shaxsiy ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.
Bundan tashqari G.R., o`zining jinoiy harakatlarini davom ettirib, fuqaro 44 yoshli B.T.ga har biri 288 kv.m.li ikkita binolarni jami 11.000 AQSh dollariga sotishga kelishib, undan jami 24.400.000 so`m va 2.200 AQSh dollar pullarini olib, B.T.ga noturar binoni bermasdan, pullarni o`zining shaxsiy ehtiyojlariga sarflab, qasddan firibgarlik jinoyatlarini sodir qilgan.
Mazkur holat yuzasidan fuqarolar O.R. va boshqalarning arizasiga ko`ra Urganch tuman IIB huzuridagi Tergov bo`limi tomonidan 2020 yil 23 yanvar kuni fuqaro G.R.ga nisbatan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.






