AsosiyJamiyat

Toshkent shahrining ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi

'Toshkent shahrining ba`zi hududlarida gaz ta`minoti vaqtincha to`xtatiladi'ning rasmi

«Hududgazta`minot» AJ matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, ertaga 31 yanvar kuni Toshkent shahrining Olmazor tumani, «Ch.Oqtepa» mahallasidagi yangi qurilgan «Bolalar bog`chasi»ni harakatdagi gaz quvuriga ulash bilan bog`liq ta`mirlash-tiklash ishlari olib borilishi sababli, Olmazor tumani «Universitet» mahallasidagi 4 qavatli 14 ta uy (jami 448 ta xonadon), Shayxontohur tumani «Bo`ston» va «O`zbekiston» mahallalaridagi jami 700 ta aholi xonadonlari hamda mazkur hududlardagi ulgurji iste`molchilar (jami 29 dona) soat 10:00 dan 17:30 ga qadartabiiy gaz ta`minotidan vaqtincha uziladi. 

Ta`mirlash ishlari tugatilgandan so`ng, tabiiy gaz ta`minoti qayta tiklanadi.

«Hududgazta`minot» AJ ta`mirlash ishlari tufayli gaz ta`minotidagi vaqtincha uzilishlar sababli etkazilayotgan noqulayliklar uchun aholimiz va gaz iste`molchilaridan uzr so`raydi.

    Boshqa yangiliklar