Navoiy shahrida yashovchi G.G`anievaning yashash xonadoni majburiy tartibda buzilib, unga kompensasiya berilishi paysalga solinib kelinayotgan edi. MIB xodimlari uning joniga oro kirdi. MIB matbuot xizmati ma`lum qildi.
Xususan, MIB Karmana tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan hokimiyat idoralaridan fuqaro Gulnora G`anieva foydasiga 186 062 987 so`m kompensasiya va 1 000 000 so`m ma`naviy zarar undirilishi belgilangan edi.
MIB Navoiy shahar bo`limi davlat ijrochisi M.Muxtorov tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida 186 million 62 ming so`m kompensasiya hamda 1 million so`m ma`naviy zarar pullari undirilishi to`liq ta`minlanib, fuqaroning buzilgan huquqlari tiklandi.






