1

Farg`onada hamshirani kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 30.01.2020, 18:34
Teglar: tibbiyot xodimi, kaltaklash
Farg`onada hamshirani kaltaklaganlarga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Farg`onada bemor qiz va uning onasi tibbiyot xodimiga jarohat etkazganligi haqida avval xabar qilgan edik. Ya`ni, joriy yil 28 yanvar kuni fuqarolar U. A. va uning qizi G. A. Farg`ona shahar 2-oilaviy poliklinikasi tibbiyot xodimlari Mashhura Tojimatova va Matlyuba Ma`murovaga tan jarohati etkazishgani aytilgandi. Poliklinika ma`muriyati voqea haqida profilaktika inspektoriga xabar bergan. Saytimizda bu voqeaga IIBning munosabati ham berilgan.

Bu voqeaga SSV ham munosabat bildirdi. Vazirlik izohida sud-tibbiy ekspertiza byurosining joriy yil 29 yanvardagi 340-sonli xulosasi keltirilgan. Unga ko`ra, hamshira M.Ma`murovada burun suyagining yopiq sinishi, bosh miya chayqalishi, bo`yin sohasida shilinma, o`ng ko`z-qovoqlarida qontalash kabi tan jarohatlar aniqlangan.

Farg`ona shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi ma`lumotlariga qaraganda, mazkur holat yuzasidan fuqaro U.A.ning harakatlarida O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismida ko`rsatilgan qasddan badanga engil tan jarohati etkazish jinoyati alomatlari mavjudligi sababli, unga nisbatan ushbu modda bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1