1

“O`zbekneftgaz” vaxta ishchilarining oylik maoshini 30 foizgacha oshirdi

Jamiyat 30.01.2020, 22:36
“O`zbekneftgaz” vaxta ishchilarining oylik maoshini 30 foizgacha oshirdi

“O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi Mehriddin Abdullaev va “O`zbekneftgaz” aksiyadorlik jamiyati birlashgan kasaba uyushma qo`mitasi raisi Bahodir Muratov tomonidan “O`zbekneftgaz” AJ bo`linmalari xodimlarining ish haqi miqdorini oshirish to`g`risidagi Qo`shma qarori imzolandi. Bu haqda “O`zbekneftgaz” AJ Matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat bilan 2020 yilning 1 fevralidan ishlab chiqarishni boshqarish hamda, gaz va neft qazib olish bo`linmalari, gazni qayta ishlash zavodi va avtotransport korxonasi muhandis-texnik xodimlari va ishchilari ish haqini belgilashning yangi tarif setkasi tasdiqlandi.

Unga ko`ra, dastlabki bosqichda bevosita neft va gaz konlarida qazib olish bilan band bo`lgan xodimlarning ish haqi va tarif stavkasiga quyidagicha ustama belgilanadi:

- Muhandis-texnik xodimlar uchun – 20 foiz;
- Vaxtada ishlovchi ishchilar uchun – 30 foiz.

Bundan ko`zlangan maqsadlardan yana biri, konlarda og`ir sharoitlarda mehnat qilayotgan 4389 nafar xizmatchilarni rag`batlantirish, ularni moliyaviy yanada qo`llab quvvatlash hamda shu orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishdir.

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1