AsosiyJamiyat

Namangan viloyatida joylashgan Mehribonlik uyiga kompyuter jamlanmalari berildi

'Namangan viloyatida joylashgan Mehribonlik uyiga kompyuter jamlanmalari berildi'ning rasmi

2020 yil 30 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Namangan viloyati Namangan shahrida joylashgan 26-son Mehribonlik uyidagi tarbiyalanuvchi o`g`il-qizlarning zamonaviy axborot texnologiyalariga bo`lgan qiziqish va bilimlarini, kompyuter savodxonligini yanada oshirish maqsadida xayriya aksiyasi o`tkazildi. Bu haqda Vazirli Axborot xizmati xabar berdi.

Vazirlikning sovg`alari - zamonaviy kompyuter jamlanmalari, futbol va voleybol to`plari, shaxmat, shashka, bolalar uchun rivojlantiruvchi o`yinlar va boshqa sport anjomlari va badiiy kitoblar Namangan viloyati hududiy boshqarmasi vakillari tomonidan tantanali ravishda taqdim qilindi. 

Qayd etish joizki, O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev tomonidan Yoshlar bilan ishlashni samarali tashkil qilish borasida ilgari surilgan 5 muhim tashabbusning 3-yo`nalishi - aholi va yoshlar o`rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish bo`yicha Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tizimli ish olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar