AsosiyJinoyat

Toshkent aeroportida ichki ishlar organi xodimiga pora taklif etgan fuqaro ushlandi

'Toshkent aeroportida ichki ishlar organi xodimiga pora taklif etgan fuqaro ushlandi'ning rasmi

Joriy yil 20 yanvar kuni Toshkent shahri aeroportlarida XTB JQB xodimlari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbir davomida fuqaro O.Sh. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan fuqarolarni kutib olish maydonchasida «Dubay – Toshkent» reysi bilan uchib kelgan yo`lovchilardan noqonuniy ravishda har xil turdagi moddiy tovarlarni olayotgan vaqtida ushlanadi. Bu haqda IIV O`XB Turizm va Transport ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha bo`limi xabar berdi.

Xolislar ishtirokida tekshirilgan vaqtida unda o`zining nomiga rasmiylashtirilmagan chet elda ishlab chiqarilgan 4 dona uyali aloqa vositasi, 3 dona planshet, 1 dona noutbuk, 2 dona qo`l soati borligi aniqlanib, hujjatlashtirilgan holda olib qo`yiladi.

Fuqaro O.Sh. esa holat yuzasidan surishtiruv harakatlarini olib borayotgan Toshkent shahri aeroportlarida xavfsizlikni ta`minlash boshqarmasi Jinoyat-qidiruv bo`limi katta tezkor vakili, mayor X.Nosirovga o`ziga nisbatan qonuniy chora ko`rmaslik va olingan buyumlarni qaytarib berishi evaziga 500 AQSh dollari miqdorida pora taklif qiladi. Xizmat burchi va qasamyodiga sodiq qolgan mayor holat yuzasidan IIV Transportda XTBB boshlig`i nomiga bildirgi bilan murojaat qiladi.

22 yanvar kuni soat 11:00da IIV O`XB Turizm va Transport ob`ektlarida xavfsizlikni ta`minlash bo`yicha bo`limi hamda Transport prokuraturasi hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda fuqaro O.Sh. xizmat xonasida mayor X.Nosirovga ishni «bosdi-bosdi» qilish, shuningdek, har oyda unga tegishli bo`lgan noqonuniy yuklarni aniqlamaslik evaziga 200 AQSh dollari miqdoridagi pora berib turishini aytib, shu miqdordagi pulni bergan vaqtida ushlandi.

Hozirgi paytda O`zbekiston Respublikasi Transport prokuraturasi tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

    Boshqa yangiliklar