1

Toshkentda ham yana bir kasb egasi kaltaklandi

Jamiyat 31.01.2020, 11:20
Toshkentda ham yana bir kasb egasi kaltaklandi

Kommunal xizmatlar bo`yicha qarzdorligi bo`lgan shaxs “Suvsoz” ishchisiga tan shikastlari etkazdi, deya ma`lum qildi Toshkent shahar IIBB. 

Keltirilishicha, 21-yanvar kuni Olmazor tumani prokuratura organlaridan kelib tushgan xabarga ko`ra, 2019 yil 16-dekabr kuni soat 11.00 da 52 yoshli Erkin K., unga qarzdorligi haqida bildirish xati olib kelgan “Suvsoz” ishchisi 30 yoshli Baxodir N.ga tan shikastlari etkazgan.

Sud-tibbiy ekspertiza ma`lumotlariga ko`ra, Baxodir N.ga o`rta og`irlikdagi tan shikastlari etgan. Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko`rsatish”) bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1