“2020 yil uchun O`zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to`g`risida”gi Qonun ijrosini ta`minlash chora-tadbirlari to`g`risida” Prezident qarori qabul qilindi.
Unga ko`ra, 1 fevralidan byudjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar, nafaqalar hamda kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam miqdori 1,07 barobarga oshiriladi.
2020 yil 1 fevraldan boshlab O`zbekiston hududida:
✔️ mehnatga haq to`lashning eng kam miqdori – oyiga 679 330 so`m;
✔️ pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori – oyiga 238 610 so`m;
✔️ eng kam yoshga doir pensiyalar – oyiga 466 680 so`m;
✔️ bolalikdan nogironlarga beriladigan nafaqa – oyiga 466 680 so`m;
✔️ zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa yoshdagi va mehnatga layoqatsiz fuqarolarga beriladigan nafaqa – oyiga 286 390 so`m etib belgilandi.
❗️Shuningdek, qaror bilan:
✔️ 14 yoshgacha bolalari bo`lgan oilalarga nafaqa, bola 2 yoshga to`lgunga qadar bola parvarishi bo`yicha nafaqa, kam ta`minlangan oilalarga beriladigan moddiy yordam;
✔️ Qoraqalpog`iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi muhtoj oilalarga bir martalik moddiy yordam miqdorlari tasdiqlandi.
Bazaviy hisoblash miqdori – 223 000 so`m o`zgarishsiz qoldirildi.