Bugun, 31 yanvar kuni Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yig`ilishi bo`lib o`tdi. Mazkur yig`ilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.
Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga ko`ra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoeva Saida Shavkatovna uning o`rinbosari etib saylandi.
Eslatib o`tamiz, Milliy mass-mediani qo`llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi OAVni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini ro`yobga chiqarishda ko`mak berish, mamlakatda so`z erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, O`zbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga ko`maklashish va boshqalar.