AsosiyJamiyat

Rossiyada ish tashlash e`lon qilgan o`zbeklarga yordam qo`li cho`zildi

'Rossiyada ish tashlash e`lon qilgan o`zbeklarga yordam qo`li cho`zildi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyalardan birida ishlaydigan migrantlar, jumladan O`zbekiston fuqarolarining ish tashlashda ishtirok etganlari to`g`risida ma`lumot tarqaldi.

Shu munosabat bilan 2020-yil 28-yanvar kuni Bosh konsulxonada ushbu kompaniya vakillari bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda TIV ma`lum qildi.  

Aniqlanishicha, voqea 27-yanvar kuni mehnatga haq to`lash shartlari noto`g`ri sharhlangani sababli kelib chiqqan. Qayd etilishicha, 2020-yil 1-yanvarga qadar ishga kirgan chet el fuqarolariga 11 oy ishlaganlaridan so`ng bir oylik ish haqi miqdorida mukofot puli to`lab beriladi. Ish hajmining kamayishi munosabati bilan mehnat shartnomasini 2020-yil 1-yanvardan keyin imzolagan ishchilarga mazkur tartib tatbiq etilmaydi.

28-yanvar kuni kompaniya vakillari brigada va bo`linmalar rahbarlari bilan uchrashib vaziyatni tushuntirishgan. Nizo bartaraf etilgan hamda barcha ishchilar o`z vazifalariga qaytgan.

Konsullik huquqiy departamenti eslatib o`tadiki, Rossiyaning Shimoli-g`arbiy federal okrugi hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqami orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-965-029-41-49.

    Boshqa yangiliklar