AsosiyJamiyat

Tayinlov: “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`zgardi

'Tayinlov: “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi o`zgardi'ning rasmi

Kecha – 31 yanvar kuni “O`zkimyosanoat” AJ rahbar kadrlarini lavozimlarga tasdiqlash to`g`risida” hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajarish energetika vazirining birinchi o`rinbosari – “O`zatom” agentligi bosh direktori Jo`rabek Tursunpo`latovich Mirzamaxmudovga yuklatildi.

Shuningdek, “O`zkimyosanoat” AJ aksiyadorlari umumiy yig`ilishining navbatdan tashqari majlisida “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisi Odil Shukurovich Temirov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

“O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari Evgeniy Aleksandrovich Korjikov egallab turgan lavozimidan ozod etilib, ushbu jamiyat boshqaruvi raisining o`rinbosari lavozimiga tasdiqlandi.

Shuningdek, “O`zkimyosanoat” AJ boshqaruvi raisining o`rinbosari Shavkat Radjabalievich Nabiev boshqa ishga o`tishi munosabati bilan egallab turgan lavozimidan ozod etish masalalari ko`rib chiqiladi.

    Boshqa yangiliklar