Bugun, 31 yanvar kuni Narpay tumanida yashovchi R.M. akasining turmush o`tog`i U.P. bilan o`rtalarida kelib chiqqan kelishmovchilik oqibatida oshxona pichog`i bilan “qurollanib”, yangasining yashash uyiga borgan. Yangasi U.P.ning bo`yin sohasiga pichoq sanchib, uni qasddan o`ldirgan va voqea joyidan yashiringan.
Viloyat prokuraturasidan olingan ma`lumotga ko`ra, prokuratura xodimlari va tergov-tezkor guruhi tomonidan voqea joyi ko`zdan kechirilib, ushbu xonadon ko`chasidagi ariq ichidan qonga o`xshash dog`lari bilan ifloslangan pichoq va boshqa ashyoviy dalillar olingan.
Tuman prokuraturasi tomonidan R.M.ga nisbatan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi ko`zg`atilib, u himoya huquqi bilan ta`minlangan holda JPKning 227-moddasi tartibida ushlangan.
Hozirda jinoyat ishi bo`yicha Narpay tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov jarayonini viloyat prokuraturasi ham nazoratga olgan.






