2020 yilning 01 fevral kuni taxminan soat 08:30 larda 19 yoshli Sh.B., o`zining boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasida, Guliston shahar 4-mavze Guliston ko`chasi bo`ylab o`tgan avtomobil yo`lida “Guliston-Zarbdor” yo`nalishi bo`yicha harakatlanib ketayotganida mudhish YTH sodir etdi.
U boshqaruvni yo`qotishi oqibatida yo`lning qarama-qarshi yo`nalishiga o`tib ketib, fuqaro 21 yoshli S.M.,ning boshqaruvida bo`lgan “Damas” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etgan.
Oqibatda “Damas” rusumli avtomashina haydovchisi S.M., yo`lovchilari 55 yoshli Sh.A., 27 yoshli D.E., 28 yoshli M.S.lar hodisa sodir bo`lgan joyda vafot etganlar. Yana 3 nafar shaxs shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek 24 yoshli S.A.,ga ko`rsatilgan tibbiy yordamiga qaramay, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodekining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Odamlar o`limiga sabab bo`lgan transport vositasini boshqaruvchi shaxs tomonidan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
O`zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamentihalok bo`lganlarning oila a`zolariga hamdardlik bildiradi.






